«pulli avtomobil yo‘li» tegli maqolalar


Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi
29 yanvar 2025, 11:58

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni).

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi
10 oktabr 2024, 21:47

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi (jami uzunligi 33 km, eng uzuni 6,8 km). Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.

“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov
25 sentabr 2024, 15:11

“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli yo‘lga aylantirilishi haqida gapirib, bu yo‘lning boshqa muqobillari borligini ta’kidladi. “Bugungi kunda Toshkent — Bo‘stonliq yo‘lda muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yo‘l bor”, — deydi u.

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli bo‘lishi mumkin
24 sentabr 2024, 15:57

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli bo‘lishi mumkin

Turkiyaning Onur Group kompaniyasi DXSH asosida Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning qariyb 70 km qismini rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga aylantirishni reja qilmoqda. Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkent-Andijon pulli yo‘li 4,6 mlrd dollarga baholanmoqda — transport vaziri o‘rinbosari
6 may 2024, 11:49

Toshkent-Andijon pulli yo‘li 4,6 mlrd dollarga baholanmoqda — transport vaziri o‘rinbosari

Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting